O‘zbekistonda "YIL TANLOVI" o‘tkazildi
10.02.2025

2025-yilning 8-fevral kuni Toshkent shahrida “Yil tanlovi—2024” g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda 200 ga yaqin jurnalistlar, jamoatchilik faollari, davlat tashkiloti mutasaddilari ishtirok etdi.
Tanlovning I bosqichida ijtimoiy so‘rov asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat tashkiloti”, “Xalq e’tirof etayotgan eng namunali mulozim”, “Millat nuroniysi”, “Yilning eng namunali tadbirkori” kabi nominatsiyalar uchun nomzodlar saralandi.
“MILLAT NURONIYSI”
Bunday sharafli nomga nomzod umri davomida millatga xizmat qilib o‘tayotgan, tabarruk yoshida ham yurtning faxriga aylangan, minglab shogirdlarni tarbiyalagan, el yurt hurmatidagi inson tanlandi.
"MILLAT NURONIYSI" — Oqiljon Umrzoqovich Salimov (97 yosh)