“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 7 sonli ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi
07.02.2025
#Rektordan
#Yangilik

Bugun "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida navbatdagi 7 sonli ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi, innovatsion loyihalar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Kengash davomida professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Shuningdek, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining “Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi” boshlig‘i Sunatov Inoyat Sahibovich bilan birgalikda 4 nafar universitet talabasi “O‘zbekgidroenergo” nomdor stipendiyasi g‘oliblari sifatida taqdirlandilar. Shuningdek, 6 nafar Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi va 4 nafar Dotsent ilmiy unvonini olganlar taqdirlandilar.