5+1 dasturi

07.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  5+1 dasturi

2025-yil 06–fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari” bakalavr ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalariga Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish fanidan 5+1 dasturiga asosan Chirchiq GES lar kaskadi tarkibidagi “Tovoqsoy GES” ida “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliy mashg‘ulot darslari o‘tkazildi. Kafedra katta o‘qituvchisi A. Shodmonov talabalarga “Tovoqsoy GES” bo‘yicha ma’lumotlar berdi. GES tarkibidagi agregatlarning vazifasi, ishlash jarayoni va ulardan foydalanishga qo‘yilgan talablar mavzusidagi amaliy mashg‘ulotlarni olib bordi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha aniq misollar keltirilib javoblar berildi.