Salomatlik- tuman boylik
07.02.2025

Salomatlik insonning asosiy boyligi hisoblanadi. Zamonaviy hayot ritmida va doimiy stressli vaziyatlarda organizmni sog‘lomlashtirishga vaqt ajratish qiyin. Salomatlikka e’tibor berib, doimiy ravishda shifokorlardan maslahat olib yurish maqsadga muvofiqdir. Joriy yilning 6-fevral sanasida “TIQXMMI”-MTU "Gidromelioratsiya" fakultetining 1 va 3 - bosqich talabalariga Ma’ruzalar zalida “Ma’rifat darsi” doirasida “Sog‘liqqa e’tiborli bo‘lish juda muhimdir” mavzusida ochiq ma’ruza tashkil qilindi. Ma’ruzani «Ma’naviy va ma’rifiy ishlar” bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Ro‘zibaev ochib berdi. Ochiq ma’ruzada Mirzo Ulug‘bek tumani 1-son ftiziatriya dispanseri vrachlari A.K.Gulamova, D.E. Ikramovalar qatnashishdi. Talabalarga sil kasalligini oldini olish, kasallikning kelib chiqish sabablari, kasallik bilan shikastlanuvchi asosiy organ o‘pka ekanligi, ularning sil bakteriyalari havo-tomchi yo‘li orqali yuqishi haqida misollar bilan tushuntirildi. Ushbu ma’ruzadan talabalarimiz o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Gulchehra Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati



