A.Navoiy – so‘z mulkining sultoni

06.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 A.Navoiy – so‘z mulkining sultoni

 2025-yil 6-fevralda «Yer resurslari va kadastr» fakultetida «Buyuk shoir va  mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiyning 584 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultetimizning talabalar va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Talabalarimiz tomonidan sahnalashtirilgan shoirning siymosini ko‘rsatib berdilar. Bizga ma’lumki A.Navoiy o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan mustahkam o‘rin egalladi.

  Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, yosh ijodkorlar uchun ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

  Umuman olganda, tadbir yuksak saviyada tashkil etilib, ko‘zlangan maqsadlarga to‘liq erishildi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda o‘tkazib borilishi aytib o‘tildi.

  YRK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova, dekan o‘rinbosari S.Xikmatullaev va tyutor M.Turg‘unovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati