Salomlashish odobi va odob-axloq qoidalari

05.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 5-fevral kuni “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida kiyinish madaniyati hamda salomlashish odoblari to‘g‘risida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Salomlashish–qadimiy odat. Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o‘zaro insoniy munosabat, muomala va muloqotni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z urf-odatlari bor. Hindlar qo‘l kaftlarini birlashtirgancha peshonalariga tirab, afg‘onlar yuzlarini yuzlariga suykagancha kift urushtirib salomlashishsa, inglizlar bosh kiyimini olib, yengil ta’zim qilishadi. Biz, o‘zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir-birimizni ko‘rganimizda “Assalomu alaykum” deya qo‘l olishib ko‘rishamiz. “Assalomu alaykum” iborasi arabcha “sizga salomatlik tilayman” degan ma’noni bildiradi. “Vaalaykum assalom” esa “sizga ham salomatlik tilayman” javob salomi sanaladi. Kafedramizda yoshi ulug‘ o‘qituvchilarimizdan dotsentlar A.D.Raxmatov va N.T.Toshpo‘latovlar yoshlarga salomlashish madaniyati haqida maslahatlar berdilar.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha mas’ul o‘qituvchi A.T.Sanbetova axboroti

Universitet matbuot xizmati