Xalqaro grant doirasida Janubiy Koreya vakillarining universitetimizga tashrifi
05.02.2025
Xalqaro grant doirasida Janubiy Koreya vakillarining universitetimizga tashrifi
Joriy yilning 4 fevral sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga xalqaro grant doirasida Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
Ma’lumki, “Xalqaro hamkorlik sohasidagi yetakchi universitet” granti dasturi bo‘yicha “Education Competency Enhancement Project Mechatronics Technicum at “TIIAME” National Research University in Uzbekistan” (01.04.2024-31.03.2029) xalqaro loyiha o‘z faoliyatini 2024 yil 1 aprel sanasidan boshlagan edi.
Xalqaro loyihaning O‘zbekistondagi koordinatori “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori, Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovich hisoblanib, Janubiy Koreyadagi loyihaning bosh koordinatori Prof. Lee Sangseo bilan uchrashib, belgilangan bir qator vazifalar va ularni amalga oshirilishi bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.
Bundan tashqari, Keymyung Kollej Universitetidan Prof.Hae Woon Choi va Dr.Donggeon Oh bilan tashkil qilingan muhokamada universitetimizdan Prof. X.Turkmenov, Prof.R.Baratov, dotsent G.Eshchanova, ish beruvchilar ham qatnashishdi.
Ushbu uchrashuvda loyihaning birinchi yilida hamkorlar tomonidan chop etilgan darsliklar, namunaviy dastur, texnikumning birinchi va ikkinchi yilida o‘qitiladigan fanlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Keymyung Kollej Universiteti professorlari bilan hamkorlikda yaratilgan 6ta darslik taqdimoti tinglandi.
Mazkur loyihaning asosiy ikkita yo‘nalishi quyidagilardan iborat:
- Universitetda Xalqaro Mexatronika texnikumini yo‘lga qo‘yish orqali mexatronika va robotexnika yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti ilg‘or texnologiyasi va tajribasi asosida tayyorlash, kerakli uskunalarni 5ta laboratoriyaga joylashtirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
- Universitetda “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi” (Digital Education Innovation Support Centre)ni tashkil qilish, mamlakatimizda raqamli ta’lim va innovatsiyani rivojlantirishda qabul qilingan isloxotlar, xalqaro texnikumda faoliyat olib boruvchi professor-o‘qituvchilar va talabalarning turli xalqaro platformalari orqali samarali faoliyatni amalga oshirish, O‘zbekistonda qizlar va ayollarni daromadlarini oshirish, Gender tenglik kabi masallarni hal qilishga qaratilgan.
Tadbir boshida ishtirokchilarga “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti qo‘shida ta’lim malakalarini oshirishda universitetimizda rahbarimizning amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari, mavjud takliflarni hamkorlikda o‘rganish orqali erishilayotgan ijobiy natijalar to‘g‘risida loyiha a’zosi “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova to‘xtalib o‘tib, unda O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma loyihasi doirasidagi aniq rejalar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Go‘zal Eshchanova tomonidan universitetimizda loyiha doirasida ochilishi nazarda tutilgan “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markazi (DEISC) haqida, markazda Xotin qizlar Qo‘mitasi a’zolarining faoliyati haqida, Start-up loyihalarida ishtirok etish, tadbirkorlik bo‘yicha faoliyatlarni samarali yo‘lga qo‘yish, xar qanday sohada IT ko‘nikmalarni Janubiy Koreyaning yetuk tajribasini qo‘llagan xolda takomillashtirish kabi masalalarga oydinlik kiritildi.
Bundan tashqari markazni tashkil qilishda “Raqamli Ta’lim Innovatsiya Servis Markaz (DEISC)” faoliyati to‘g‘risida darslik yaratish, Markazda Koreys va Ingliz tillarini o‘rgatish, ayollarni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil qilish haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarni aynan qo‘shma loyiha doirasida amalga oshirish imkoniyatlari haqida ham atroflicha to‘xtab o‘tildi.
Umid qilamizki, xalqaro loyiha doirasida hamkorlikda istiqboldagi rejalarga ahil jamoa sifatida yondashib, bir qator yutuqlarga erishilib, bu olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
(Information by the Digital Education Innovation Service Centre)