«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetiga Islom taraqqiyot banki bosh mutaxassisi Jawara Gaye tashrif buyurdi
04.02.2025

«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetiga Islom taraqqiyot banki bosh mutaxassisi Jawara Gaye tashrif buyurdi
Bugun Islom taraqqiyot banki bosh mutaxassisi Jawara Gaye universitetga tashrif buyurdi. So‘nggi ikki yil davomida Islom taraqqiyot banki loyihasi doirasida universitetning 16 ta kafedralariga 232 ta nomdagi laboratoriya jihozlari keltirildi. Universitetning laboratoriya jihozlarining tahlili, olib kelingan qurilmalarning ishlash prinsipi va ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari bilan suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Jawara Gaye ushbu loyiha qishloq va suv xo‘jaligi, innovatsion texnologiyalar va texnika sohalarida yangi yutuqlarga zamin yaratganini, professor–o‘qituvchilar, talabalar va shu sohada ilm qilayotgan yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar yanada oshganini qayd etar ekan, universitet ta’lim va tadqiqot ishlarini olib borilishiga ishonch bildirildi.

























