Olmaota shahar hokimligi hamkorligida xorijiy universitetlar ko‘rgazmasi

04.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Xalqaro hamkorlik

Olmaota shahar hokimligi hamkorligida xorijiy universitetlar ko‘rgazmasi

2025-yil 3-fevral kuni K.Satpayev nomidagi Qozog‘iston Milliy texnika tadqiqot universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari bo‘yicha ilmiy ishlar doirasida Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi, Olmaota shahar hokimligi hamkorligida xorijiy universitetlar filiallari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmali tadbirida Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti qoshidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot univetit  filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor Abdurahim Berdishev, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari “Gidrologiya va gidrogeologiya”  kafedrasi q.x.f.n. dotsent Dilshod Nazaraliyev  va  “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi assistenti Albina Valiyevalar ishtirk etishib bitiruvchi yoshlarga universitetimiz haqida muhim ma’lumotlar berdilar. Tadbir davomida Olmaota shahridagi litsey o‘quvchilari va ularning ota-onalari tomonidan kasbga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha berilgan savollariga tegishli javoblar berildi. 

PhD., Dotsent O‘tkir Islomov axboroti

Universitet matbuot xizmati