Hamkorlikni kuchaytirish – yangilik sari intilish

04.02.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

   Hamkorlikni kuchaytirish – yangilik sari intilish

  Joriy yilning 3- fevral kuni “Kasbiy ta’limda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024-yil) ning ijrosi ta’minlash maqsadida "Professional ta’lim" kafedrasi boshchiligida "Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi mudiri Begmatov Ilxom Abduraimovich, "Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi mudiri Ro‘ziyev Ilxom Maxmudovich bilan hamkorlikdagi Yangiyo‘l shahar 2-son politexnikumida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan asosiy maqsad - yangi yo‘nalishlar ochish va mutaxassislarni OTM dan taklif etish masalalari bilan bog‘liq bo‘lib, bunday uchrashuvlar talabalarning ishlash imkoniyatlarini kengaytirish, yangi ta’lim yo‘nalishlari va faxriy kasblarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu jarayonda, texnikumlar va kafedralar o‘rtasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi.

  Shuningdek, texnikumda dual ta’limni tashkil etish va OTM (Oliy ta’lim muassasalari) mutaxassislarini dars o‘tishga taklif qilish orqali talabalarga yangi bilimlar va ko‘nikmalar berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yangi yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash uchun qanday qadamlar qo‘yilishi kerakligini muhokama qilish foydali bo‘ladi.

  Kafedralar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish uchun qanday yo‘nalishlarni va pedagogik tahlillarni ko‘rib chiqish kerakligi, shu jumladan, bir qator muhim masalalar ham tahlil qilindi:

  1. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar – Irrigatsiya va melioratsiya, Gidrometriya fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini yaratish.
  2. Mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlik – Suv xo‘jaligi mutaxassislari, gidrologlar va ekologlar bilan bevosita ishlash orqali mutaxassislarning mahalliy muammolarga bo‘lgan yechimlarini o‘rganish.
  3. Hamkorlikni kengaytirish – xorijiy tajriba bilan tanishish va yo‘nalish bo‘yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish.

  Shu kabi yo‘nalishlarda izlanishlar, treninglar va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish talabalar uchun samarali bo‘lishi xam muhim ahamiyat kasb etadi.

"Professional ta’lim" kafedrasi mudiri D.Muqumova axboroti

Universitet matbuot xizmati