VAZIR BILAN UCHRASHUV

31.01.2025

#Rektordan #Ta`lim

VAZIR BILAN UCHRASHUV

Har bir davrning va har bir sohaning dolzarb muammolari bo’ladi. Unga munosabat esa ilm-fan orqali bo’lishi tayin. Bugun universitetimizda Suv xo’jaligi vaziri Xamrayev Shavkat Raximovich bilan uchrashuv fonida tashkil etilgan tadbir ham katta ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuvni milliy tadqiqot universitetimiz rektori, professor Bahodir Mirzayev kirish so’zi bilan ochib vazirga so’z berdi. Vazir o’z bilimi va tajribalarini o’rtoqlashish mazmunida universitetimizda dars berib kelayotgani ham quvonarli, albatta. Shuningdek, talabalarning ish bilan ta’minlash masalasida ularning hissasi katta bo’lishi aniq.

Vazir 2030 - yilgacha bo’lgan strategik vazifalarni amalga oshuvida suv bilan bog’liq muammolarni yechish ham muhimligini misollar asosida taqdimot orqali tusuntirib berdi. Talabalarning savollariga aniq, lo’nda javob berdi. Xorijda ta’lim olib bir nechta tilni bilishini ro’kach qilib g’o’dayib yurganlar emas pastga tushib xalqimiz va vatanimizning suv muammolarini yaxshi biladiganlar biz uchun manfaatli bo’lishini uqtirib o’tdi.

Tadbirning eng muhim va manfaatli tomoni iqtidorli talabalarni rag’batlantirish bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 645-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 5-bandi o‘n beshinchi xatboshisiga asosan suv xo‘jaligi sohasiga kadr tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va ilmiy-innovatsion faoliyatida namuna ko‘rsatgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3 va 4-bosqich talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”ni tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi buyruq e’tiborga molik bo’ldi.

Tadbirda Suv xo’jaligi vazirining axborot xizmati rahbari Shuhrat Suyunov, Xodimlar bo’limi boshlig’i Xurshid Lapasov va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Universitetimizning bir qator iqtidorli, kreativ talabalariga “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”ning sovrindorlik nishoni va guvohnomalari topshirildi.

“Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” sovrindori bo‘lgan universitetimiz va filiallarimizdagi talabalarning ro’yxatini keltirishni maqsadga muvofiq topdik. 

 

T/r

FIO

OTM nomi, ta’lim yo‘nalishi, kursi

Talabaning
ilmiy rahbari

1.               

Uralova Madina G‘anisherovna

“TIQXMMI” MTU Gidromelioratsiya fakulteti Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Gidromelioratsiya fakulteti dekan o‘rinbosari A.J. Qoraboyev

2.               

Karimova Dilorom Azim qizi

“TIQXMMI” MTU Gidrotexnika qurilishi fakulteti Irrigatsiya tizimlarida gidrotexnika obyektlari yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Muhandislik grafikasi
va dizayn nazariyasi kafedrasi mudiri, dotsent, PhD J.A. Qosimov

3.               

Ismoilov Shuxratbek Ilxomjon o‘g‘li

“TIQXMMI” MTU Gidromelioratsiya fakulteti Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Irrgatsiya va melioratsiya kafedrasi mudiri, t.f.d., prof.,  I.A. Begmatov

4.               

Shamsiyeva Maftuna Oybek qizi

“TIQXMMI” MTU Gidromelioratsiya fakulteti Meliorativ gidrogeologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Gidrologiya
va gidrogeologiya kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent
I.M. Ruziyev

5.               

Raxmatova Maftuna Jamshid qizi

“TIQXMMI” MTUning
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Gidromelioratsiya fakuteti Suv ta’minoti va muhandislik tizimlari yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Umumtexnika fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi J.Sh. Fazliyev

6.               

Shodmonova Marjona Davlat qizi

“TIQXMMI” MTUning
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Gidromelioratsiya fakulteti
Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti, q/x.f.f.d., Z.Z. Qodirov

7.               

Bobojonov Nurimon Shaxriyor o‘g‘li

“TIQXMMI” MTUning Qarshi
irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Gidromelioratsiya fakulteti Professional ta’lim: suv xo‘jaligi
va melioratsiya yo‘nalishi
3-bosqich talabasi

Gidromelioratsiya fakulteti dekani o‘rinbosari J.Y. Shonazarov

8.               

Beg‘amov Oybek Davron o‘g‘li

“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Gidromelioratsiya fakulteti Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Gidromelioratsiya fakulteti dekani t.f.f.d., dotsenti
A.I. Qurbonov

 

Vazir bilan o’tkazilgan tadbir g’oyat maroqli tarzda kechdi. Bitiruvchi talabalar o’zlari uchun katta motivatsion ruh oldilar.

 

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI