“Dual Ta’lim, win-win modeli talabalar, universitet va sanoat uchun”: Vengriyaning Obuda Universiteti Prof.Dr.Monica Pogatsnik bilan onlayn vebinar

29.01.2025

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik

“Dual Ta’lim, win-win modeli talabalar, universitet va sanoat uchun”: Vengriyaning Obuda Universiteti Prof.Dr.Monica Pogatsnik bilan onlayn  vebinar

Joriy yilning 29-yanvar sanasida “TIQXMI” Milliy Tadqiqot Universitetining “Iqtisodiyot” fakultetida “Dual Ta’lim, win-win modeli talabalar, universitet va sanoat uchun” mavzusida Vengriyaning Obuda Universiteti Prof.Dr.Monica Pogatsnik bilan onlayn  vebinar tashkil qilindi.

Mazkur tadbir fakultetning Turon Bank zalida “Iqtisodiyot” fakulteti bakalavr, magistr talabalari va tadqiqotchilari  ishtirokida bo’lib ot’di.  Britaniya Kengashi “Kasbiy Rivojlantirish Markazi” fakultet filiali 226-xonasida esa “Yer resurslari va kadastr” fakulteti iqtidorli talabalari ishtirokida tashkil qilindi. Mazkur tadbirda poytaxtning bir qator Oliy Ta’lim Muassasalari talabalari ham qatnashishdi.

  Mazkur tadbir “Iqtisodiyot” fakultetining O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini Umrzoq Xolyorov, “Yer resurslari va kadastr” fakultetining Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Sanjar Xikmatullayev, tutor Maftuna Turg’unova va “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova  tashabbuslari bilan talabalardan kelib tushgan takliflar asosida tashkil qilindi.

Tadbir davomida Prof.Dr.Monica Pogatsnik Vengriyaning Obuda Universitetida yo’lga qo’yilgan Dual Ta’limning afzalliklari, Dual ta’limning Moodle platformasi, maxsus Dual websayti, Dual Treyning Offisining tashkil qilinganligi yildan yilga talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinayotganligiga to’xtalib, talabalarni o’z soxalari bo’yicha sanoat korxonalarida ishlayotganliklari, dual ta’limning yaxshi samara berayotganligiga aloxida urg’u berib o’tdi. 

    Shuningdek, vebinarda Vengriyaning Obuda Universitetida tahsil olish, mavjud bakalavr va magistr ta’lim yo‘nalishlari haqida, xalqaro talabalarni yildan yilga sonini oshayotganligini va Yevropaning Markazi hisoblangan Vengriyada ta’lim olishning afzalliklariga ham to‘xtalib o‘tildi. Vebinar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar olindi.

  Ishonamizki, bu kabi do‘stona muhitda tashkil qilingan xalqaro vebinarlar talabalarda ingliz tilini yanada mukammal o‘rganishga motivatsiyalarini oshirishga yordam berib, xorijga tashrif buyurish, ta’lim olish, ishlash va turli tanlovlarda ishtirok qilish va o‘z imkoniyatlarini sinab bo‘rishga yo‘l ochadi.

 

Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Sanjar Xikmatullayev ma’lumoti

Universitet Matbuot Xizmati