"Toshkent Tractors" kompaniyasi va universitet o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

29.01.2025

#Rektordan

Bugun "Toshkent Tractors" kompaniyasi direktori Alisher Kasimov universitet rahbariyati va iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv davomida kompaniya va universitet o‘rtasida ko‘p tarmoqli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir doirasida talabalar tomonidan ishlab chiqilgan haydovchisiz, sun’iy intellekt orqali boshqariladigan HETA traktorini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, hamkorlikda yangi elektro traktor modelini ishlab chiqish va uni bozorga tayyorlash yuzasidan ham muhim kelishuvlar amalga oshirildi.


Shuningdek, universitet o‘quv-tajriba xo‘jaligi hududida 2 gektar maydonda zamonaviy innovatsion issiqxona qurish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Bu loyiha talabalarning amaliy bilimlarini oshirish va ilmiy ishlanmalarni real sharoitda sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi.


Uchrashuv natijasida "Toshkent Tractors" kompaniyasi va universitet o‘rtasidagi hamkorlik natijasida yangi innovatsion loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.