"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va "TAQU” hamkorligi

28.01.2025

#Rektordan

Bugun "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetiga Toshkent Arxitektura-Qurilish universiteti rektori Baxrom To‘laganov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida ikki oliygoh rahbariyati ishtirokida qator masalalar muhokama qilindi. 

Xususan:

  • - Hamkorlikda Geotexnika ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish;
  • - "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan qurilish muhandisligi maktabi faoliyatiga ikki universitet xodimlarini jalb etish;
  • - Oqova kanallarni betonlash bo‘yicha ikki universitet olimlari hamkorligida ishchi guruh tashkil etish;
  • - Qurilish muhandisligi, Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar va soxa olimlari o‘rtasida hammualliflikda maqolalar chop etish, halqaro va ilmiy-tadqiqot loyihalar tanlovida ishtirok etish hamda qurilish sohasida megaloyihalarni amalga oshirish.

Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya azolari universitetdagi o‘quv va ilmiy innovatsion laboratoriyalari va IT Park bilan yaqindan tanishdilar.