"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va "TAQU” hamkorligi
28.01.2025
#Rektordan
Bugun "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetiga Toshkent Arxitektura-Qurilish universiteti rektori Baxrom To‘laganov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki oliygoh rahbariyati ishtirokida qator masalalar muhokama qilindi.
Xususan:
- - Hamkorlikda Geotexnika ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish;
- - "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan qurilish muhandisligi maktabi faoliyatiga ikki universitet xodimlarini jalb etish;
- - Oqova kanallarni betonlash bo‘yicha ikki universitet olimlari hamkorligida ishchi guruh tashkil etish;
- - Qurilish muhandisligi, Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar va soxa olimlari o‘rtasida hammualliflikda maqolalar chop etish, halqaro va ilmiy-tadqiqot loyihalar tanlovida ishtirok etish hamda qurilish sohasida megaloyihalarni amalga oshirish.
Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya azolari universitetdagi o‘quv va ilmiy innovatsion laboratoriyalari va IT Park bilan yaqindan tanishdilar.