Salomlashish odobi
29.01.2025
Salomlashish odobi
"TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti 29-yanvarda Iqtidorli talabalardan tashkil topgan "Renessans" jamoasi bilan qiziqarli amaliy mashg‘ulot, psixologik trening o‘tkazildi. Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog Yusopova Dilafruz yoshlarga "Salomlashish odobi" to‘g‘risida tushunchalar berib fikr va mulohazalar bildirildi. Salomlashish odobi haqida gaplashish nafaqat talabalarni tarbiyalash, balki ularni o‘zaro hurmatga, tinchlikka va samimiyatga chaqirishning samarali usulidir. Har bir suhbatda bu oddiy, ammo juda muhim odobni o‘rganish, jamiyatda muhitni yaxshilashga yordam beradi.
Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog Yusupova Dilafruz Xasanovna axboroti
Universiteti matbuot xizmati