“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining “Smart Solution” MChJ ga tashrifi
29.01.2025
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining “Smart Solution” MChJ ga tashrifi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining professor–o‘qituvchilari hamda doktorantlari suv xo‘jaligi tizimida o‘zlarining avtomatlashgan boshqaruv vositalari bilan tobora mustahkam o‘rin egallayotgan “Smart Solution” MChJning sinov va ishlab chiqarish maydonchasiga tashrif buyurishdi.
Ma’lumki suv xo‘jaligini raqamlashtirish, sohani avtomatlashtirish, boshqaruv tizimiga innovatsiyalarni olib kirish bugungi global iqlimiy o‘zgarishlar sharoitida resurslarni tejash, aniq o‘lchovlarni amalga oshirish juda muhimdir. Tashrif davomida “Smart Solution” MChJ direktori Ilyosjon Ilxomovich tashkilotda irrigatsiya tarmoqlaridagi suv taqsimlash inshootlarini avtomatlashtirish sohasida olib borilayotgan ishlar, jarayonni raqamlashtirishdagi muammolar va tajriba sinov ishlarini olib borishdagi ilmiy muammolar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Tashrif so‘ngida ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi yosh ilmiy xodimlari, doktorant va magistrlarining suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini, tajriba-sinov jarayonlarini tashkilotda olib borish bo‘yicha fikr almashildi.