O‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish maktabdan boshlanadi

29.01.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

O‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish maktabdan boshlanadi

  Joriy yilning 29-yanvar kuni “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlar birgalikda kafedraga biriktirilgan Toshkent viloyati Nurafshon shahri xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi №13 va №73-sonli umum ta’lim maktablariga belgilangan yo‘l xaritasiga asosan o‘quvchilar bilan uchrashib davra suhbati qurish uchun tashrif buyurishdi.

  Davra suhbati davomida yuqori sinf o‘quvchi yoshlarini kelgusida kasbga yo‘naltirish, kitobxonlikka qiziqtirish darsdan bo‘sh vaqtlarida qaysi fanlardan qo‘shimcha tayyorlanishlari, chet tillarini mukammal o‘rganish zarurligi haqida tushunchalar berildi. Universitetimiz dunyoning eng nufuzli reytingida tutga o‘rni va bugungi kundagi yuksak yutuqlari, faoliyat ko‘rsatayotgan fakultet va ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalari hamda boshqa yaratilgan barcha shart sharoitlar haqida umumiy ma’lumotlar berildi.

  O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan javoblar olishdi.

  O‘quvchi yoshlar o‘rtasida qiziqarli sinov savollari bilan viktorina o‘tqazildi.

  Tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  Maktab rahbarlariga yaqin kunlar ichida o‘quvchi yoshlarni universitetimizda ekskursiya tashkil qilgan holda, tashrif buyurishlarini rejalashtirishlari zarurligi ta’kidlandi.