Yangi qadam va yangi yutuqlar
29.01.2025
Yangi qadam va yangi yutuqlar
Talaba yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma’naviy va madaniy vazifalarning tub mohiyatini anglaydigan malakali mutaxassis, insonparvar shaxs sifatida tarbiyalash, bo‘lajak mutaxassisliklarda mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlashni o‘z-o‘zini anglashning axloqiy asoslarini, mantiqiy fikrlashni, jamoani boshqarish malakalarini shakllantirishni, ularni hayotda o‘z o‘rnini topish, o‘z taqdirini o‘zi belgilashni, kelajakka bo‘lgan ishonchni, mamlakatimiz kelajagini, buyukligini barcha sohalardagi erishayotgan yutuqlari bilan tushuntirib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuvorliklarini ijrosini ta’minlash, amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan, salmoqli yutuqlarda, samarali ilmiy faoliyatda alohida o‘rnak bo‘layotgan fuqarolarni munosib taqdirlash maqsadida o‘tkazilgan “Fidoyi xizmatlari uchun” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talabalari O‘rolova Maxliyo Saimnazar qizi va Qalbaeva Gulbanu Baxtiyar qizi o‘zlarining ilmiy maqollari bilan faol ishtirok etib, tanlov g‘oliblari bo‘lishdi va “Fidoyi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
YRK fakulteti dekan o‘rinbosari (PhD)., Sanjar Xikmatullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati