Erk - buyuk va bebaho ne’mat

28.01.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Erk - buyuk va bebaho ne’mat

  Joriy yilning 27- yanvar kuni O‘zbekistondagi Hindiston respublikasi elchixonasi tomonidan Hindiston respublikasi kunining 76 yilligi munosabati bilan Hyatt Regency Toshkent mehmonxonasida katta tantanali tadbir bo‘lib otdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha elchixonalar elchilari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham  Ilhamovich Ikramov ishtirok etdilar.

  Mustaqillik, hurlik, birovlarga qaram bo‘lmaslik eng ulug‘ ne’matdir. Ne’mat bo‘lganda ham har kuni, har soat fikr yuritiladigan, har dam shukur qilinadigan qadri-sharafi, bardavomligi ko‘z qorachig‘idek avaylab asraladigan bebaho ne’matdir.

  Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant xonim hamkorligida bayram tantanasida O‘zbek milliy liboslari namoyishi, hamda Atlas va Sari matolarining ranglardagi va ipak hamda sof paxta tolasidan foydalanib kashtachilik uslublarida to‘qilishi hamda o‘zbek va hind ayollarining liboslaridagi ranglar jilosi, go‘zalligini namoyish etdilar.  O‘zbek va hind ayollarining liboslaridagi nafislik tadbir ishtirokchilari tomonidan alohida e’tirof etildi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Ra’no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati