Salomlashish Odobi: Madaniyatning Asosi

27.01.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Salomlashish Odobi: Madaniyatning Asosi

 Salomlashish madaniyati har bir jamiyatning ajralmas qismidir. Nutq madaniyatida salomlashishning o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ular insonlar o‘rtasidagi muloqotni yoqimli va hurmatli qiladi. Quyida asosiy qoidalar bilan tanishing:

Salomlashishda amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar:

  📌 "Assalomu alaykum" va "Va alaykum assalom"ni to‘liq talaffuz qilish shart.

  💡 Kim birinchi bo‘lib salom berishi kerak?

  •   - Yoshi kichiklar yoshi kattalarga.

  Xonaga kirgan inson barchaga umumiy salom beradi.

  •   - Zinadan chiqayotgan yuqori pog‘onadagilarga.
  •   - Oilaviy uchrashuvlarda avval ayollar so‘rashadi, keyin erkaklar.

  Jamoat joylarida gap salom bilan boshlanadi.

  •   - Yoshi yoki maqomi teng bo‘lgan insonlar uchrashganda, tarbiyali inson birinchi bo‘lib so‘rashadi.

Uyda Salomlashish:

🏠 Mehmon:

  Eshikni ochgan odamga, keyin uy kattalari va boshqa mehmonlarga salom beradi.

🤝 Uy egasi:

  Hamma bilan bir xil tarzda so‘rashadi. Kimgadir alohida munosabat ko‘rsatish odobsizlik hisoblanadi.

  Qanday Holatda Salomlashish Shart?

  1.  Biror-bir insonga murojaat qilishdan oldin.
  2.  Kechga qolib kelgan inson jamoatga birinchi bo‘lib salom beradi.

  Salomlashish madaniyati – jamoatdagi hurmatning belgisi!

  To‘g‘ri va chiroyli salomlashish har birimizning madaniyatimizni namoyon etadi. Ushbu qoidalarga amal qilib, o‘zaro muloqot va hurmatni oshiring!

Axborot beruvchi: Psixolog D. Yusupova

Universitet axborot xizmati