Salomlashish Odobi: Madaniyatning Asosi
27.01.2025
Salomlashish Odobi: Madaniyatning Asosi
Salomlashish madaniyati har bir jamiyatning ajralmas qismidir. Nutq madaniyatida salomlashishning o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ular insonlar o‘rtasidagi muloqotni yoqimli va hurmatli qiladi. Quyida asosiy qoidalar bilan tanishing:
Salomlashishda amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar:
📌 "Assalomu alaykum" va "Va alaykum assalom"ni to‘liq talaffuz qilish shart.
💡 Kim birinchi bo‘lib salom berishi kerak?
- - Yoshi kichiklar yoshi kattalarga.
Xonaga kirgan inson barchaga umumiy salom beradi.
- - Zinadan chiqayotgan yuqori pog‘onadagilarga.
- - Oilaviy uchrashuvlarda avval ayollar so‘rashadi, keyin erkaklar.
Jamoat joylarida gap salom bilan boshlanadi.
- - Yoshi yoki maqomi teng bo‘lgan insonlar uchrashganda, tarbiyali inson birinchi bo‘lib so‘rashadi.
Uyda Salomlashish:
🏠 Mehmon:
Eshikni ochgan odamga, keyin uy kattalari va boshqa mehmonlarga salom beradi.
🤝 Uy egasi:
Hamma bilan bir xil tarzda so‘rashadi. Kimgadir alohida munosabat ko‘rsatish odobsizlik hisoblanadi.
Qanday Holatda Salomlashish Shart?
- Biror-bir insonga murojaat qilishdan oldin.
- Kechga qolib kelgan inson jamoatga birinchi bo‘lib salom beradi.
Salomlashish madaniyati – jamoatdagi hurmatning belgisi!
To‘g‘ri va chiroyli salomlashish har birimizning madaniyatimizni namoyon etadi. Ushbu qoidalarga amal qilib, o‘zaro muloqot va hurmatni oshiring!
Axborot beruvchi: Psixolog D. Yusupova
Universitet axborot xizmati