Muqobil energiya manbalarida Elektrotexnikaning o‘rni
25.01.2025
Muqobil energiya manbalarida Elektrotexnikaning o‘rni
O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 2013-yil 1-martdagi PF-4512 raqamli “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida. Muqobil energiya manbalari – quyosh, shamol va biogazdan foydalanish bo‘yicha respublikamizda yetarlicha ilmiy-texnik salohiyat va tajribalar mavjudligi ta’kidlab o‘tilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, muqobil energiya manbalaridan foydalanishda elektrotexnikaning o‘rni juda muhim, chunki bu soha zamonaviy texnologiyalar va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va boshqarish texnologiyalarining asosini tashkil etadi. “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan tajriba ishini bajarishda Dotsent Ya.E.Cho‘lliyev “Muqobil energiya manbalari” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalariga R, L, C elementlarining ulanishlarini va xarakteristikalarini qurish va tahlil qilishda kompyuter texnologiyalardan keng foydalanishning afzalliklarini tushuntirib berdi.
Universitet matbuot xizmati