Salomatlik-tuman boylik.

25.01.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Salomatlik-tuman boylik.

 Salomatlik-inson hayotidagi eng katta boylikdir. Sog‘liqning qadri va ahamiyati to‘g‘risida turli xalqlarning maqollarlaridan chuqur anglashimiz mumkin. Joriy yilning 24-yanvar kuni "TIQXMMI"-MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti 2-bosqich talabalariga sog‘liqni saqlash sanitariya-epidemiologik nazoratni kuchaytirish, ijtimoiy obyektlarda virusli infeksiyalarga  qarshi kurashish, kasallanishning oldini olish maqsadida "Viruslar va ularning klassifikatsiyasi" mavzusida G bino 2-ma’ruzalar zalida davra suhbati tashkil etildi. Yig‘ilishda universitetning "Tibbiy" bo‘lim xodimi oliy toifali shifokor Kalmuratova Svetlana Abdramanovna ishtirok etib, talaba yoshlarga sog‘liqni saqlash borasida qiziqarli suhbat olib bordi. 

"Gidromelioratsiya" fakulteti Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Ro‘zibaev, hamda tyutorlari G. Axmedjanova va D.Axrarovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati