“Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida profilaktik tadbiri o‘tkazildi...
23.01.2025
2025 yil 23-yanvar kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetda “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida profilaktik tadbiri o‘tkazildi. Dunyo yaralibdiki, ikkita tushuncha doimo bir - biri bilan kurashib keladi. Bu yaxshilik va yomonlik. Buzg‘unchilik tabiiyki, har xil jinoyatlarni keltirib chiqaradi. Jinoyatning katta - kichigi bo‘lmaydi. Aslida, kichik bo‘lib ko‘ringan jinoyat katta jinoyatlar uchun tuynuk keyin eshik yoki darvozadir. Shunday ekan, har bir inson avvalambor o‘zini nazorat qilishi, idora etishi zarur. Jinoyatchilikka qarshi kurash har bir inson uchun majburiyat burchi, mas’uliyat hissi bo‘lishi kerak. Bugun universitetimizda tashkil etilgan ma’naviy-axloqiy tadbir xuddi shu masalaga bag‘ishlandi.
Tadbirning universitetimiz prorektori Ro‘zimurod Choriyev ochib berdi. U tashrif buyurgan mutaxassislarga minnatdorchilik bildirib, universitetda yo‘l qo‘yilgan talabalar orasidagi ayrim mayda huquqbuzarliklar sodir etgan talabalar haqida so‘z yuritdi.
So‘ngra tadbir boshlovchisi podpolkovnik Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori podpolkovnik Azizov Elbek Usmonjonovichning minbarga taklif etildi. U har bir inson umri mobaynida tinimisiz o‘qib - o‘rganishi haqida so‘z yuritdi va barchaga talabalik payti oltin davr, ilm olish davri ekanligini uqtirdi. Shuningdek, giyohvandlik va psixotrop moddalari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organi Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Yormatov Bahodir Bo‘ritoshevich hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi katta o‘qituvchisi kapitan Qushboqov Shohruh Xasanovichlar so‘zga chiqib, inson bilib - bilmasdan jinoyat ko‘chasiga kirib qolishi. Bu esa ko‘plab jinoyatlarning ildiz otishiga va insonning afsus va nadomatlariga sabab bo‘lishi haqida gapirib o‘tishdi.
Tadbir yakunida irodasi bo‘sh odam jinoyatga moyil bo‘lishini, bu esa ko‘p kulfatlarga sabab bo‘lishini e’tirof etdi. Tadbir nihoyasida universitetimizning dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalarga ularni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berildi hamda jinoyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.