Oilali talaba qizlar bilan dildan suhbat
21.01.2025

Oilali talaba qizlar bilan dildan suhbat
2025-yil 20-yanvar kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitet «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandova va 1-talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi N.To‘raqulovalar tomonidan 1-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan oilali talaba qizlarning shaxsiy, oilaviy va o‘quv jarayonidagi muammolarini tushunish va ularga yordam berish maqsadida 404-guruh talabasi Saburova Venera, 409-guruh talabasi Isoqulova Parizodalar bilan “Ko‘nglingni menga och” mavzusida suhbat uyushtirildi. Suhbat davomida:
- Oilaviy munosabatingiz qanday?
- Uy vazifalari va o‘qishni uyg‘unlashtira olyapsizmi?
- Talabalik hayotingizdagi asosiy qiyinchiliklar nimalardan iborat?
- Oilaviy mas’uliyatlar o‘qishingizga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
kabi savollar orqali qizlarning holatlari o‘rganildi. Va ularning o‘quv hamda oilaviy mas’uliyatlarini muvozanatlashtirish uchun:
- Kun tartibi tuzish va ustuvor vazifalarni belgilash
- Stressni yengish uchun nafas olish mashqlari, meditatsiya, musiqa eshitish kabi usullardan foydalanish
- Oila a’zolari yoki do‘stlaridan yordam so‘rashning oddiyligi haqida tavsiyalar berildi.
“GTQ” fakulteti tyutori D.Xursandova va “GTQ” fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusovalar axboroti
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati