Malaka oshirish kursi tashkil etildi

20.01.2025

#Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–5789-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida joylashgan Diplomat universiteti bilan shartnoma imzolandi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 2024-yil 2-dekabrdan 28-dekabrgacha oflayn (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) shaklda tashkil qilinadigan 144 soatlik malaka oshirish kursiga quyidagi professor va o‘qituvchilar (ishdan ajralmagan holda) tinglovchilar safiga qabul qilindi. 

Ushbu kursni olib borishda koordinatorlik vazifasi Iqtisodiyot fakultetiga yuklatildi. Dastlab tinglovchilar kutib olinib universitet bilan tanishtirildi hamda alohida tasdiqlangan grafik bo‘yicha darslar olib borildi. Dars jarayonlarida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda Iqtisodiyot fakulteti kafedralari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga e‘tibor qaratildi. Diplomat universiteti bilan xalqaro konferensiya tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.


Universitet matbuot xizmati