Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga saralashning bosqichi

18.01.2025

#Ta`lim #Yangilik

  17.01.2025 yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat Boshqaruv Akademiyasida. 6 ta yo‘nalish bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga saralashning quyi bosqichlarida Komissiya o‘z  faoliyatini boshladi. Bu komissiyada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ekspert sifatida “Fan”yo‘nalishida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti-milliy tadqiqot universiteti professori Zuxra Ismailova ham qatnashdi. 

  Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga saralashning quyi bosqichlarida muvaffaqiyatli o‘tgan 342 nafar xotin-qizlarning hujjatlari Respublika komissiyasiga kelib tushgan.  Xususan, fan yo‘nalishida 58 ta, ta’lim yo‘nalishida 43 ta, adabiyot yo‘nalishida 44 ta, san’at yo‘nalishida 58 ta, sport yo‘nalishida 47 ta, jamoatchilik faoliyati yo‘nalishida 39 ta, madaniyat yo‘nalishida 29 ta, axborot texnologiyalari yo‘nalishida 24 ta hujjat qabul qilindi. 

  Ma’lumot o‘rnida - Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgandan buyon shu kunga qadar ushbu mukofot bilan jami 452 nafar ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlar taqdirlangan bo‘lib, ularning 105 nafari adabiyot, 92 nafari san’at, 83 nafari madaniyat, 64 nafari ta’lim, 61 nafari fan, 30 nafari  sport va 14 nafari jamoatchilik yo‘nalishlarida mukofot sohibasi bo‘lgan. 

  Ta’sis etilganiga chorak asr bo‘lgan mazkur mukofot sohibalarining bugungi kundagi faoliyati, yutuqlari ham salmoqli. 

  Eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri universitetimiz tayanch doktoranturaning 2–bosqich doktoranti Burxonova Munisaxon Ma’murjon qizi “Ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha respublika bosqichida qatnashdi. Hozirda natijalar yaxshi, endilikda undan-da yaxshi natijalar kutib qolamiz.