Jamoatchilik muhokamasi

15.01.2025

#O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati yangiliklari

Jamoatchilik muhokamasi

⚡️ “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lonqilindi.


☑️Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo'yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.


↪️Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.


Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.


⏺ 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflaringizni uzbekistan2030.uz (https://uzbekistan2030.uz/) onlayn portali orqali bildiring.‌‌