“Hungarian Scholarship” tanlovi bo‘yicha “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talabalariga seminar-trening tashkil qilindi.

15.01.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “Hungarian Scholarship” tanlovi bo‘yicha “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talabalariga seminar-trening tashkil qilindi.

Joriy yilning 14 yanvar sanasida “Hungarian Scholarship” tanlovi bo‘yicha “TIQXMI” Milliy Tadqiqot Universiteti, “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talabalariga Axborot-Resurs Markazining Kompyuter zalida seminar-trening tashkil qilindi.  

  Mazkur tadbir fakultetning Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Sanjar Xikmatullayev va “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go‘zal Eshchanova  tashabbuslari bilan talabalardan kelib tushgan takliflar asosida tashkil qilindi.

  Tadbirda “Hungarian Scholarship” tanlovida ishtirok qilishni xohlagan fakultetning bakalavr va magistr talabalari, doktorantlar ham ishtirok qilishdi. Seminar-trening ishtirokchilariga Go‘zal Eshchanova  tomonidan universitetning yaqin hamkori bo‘lmish Vengriyaning Obuda Universitetida “Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) xalqaro tanlovi orqali bakalavriatura, magistratura va doktoranturaning turli ta’lim yo‘nalishlarida grant asosida bir o‘quv yili davomida tahsil olish imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. 

  Shuningdek, tanlov talabgorlaridan “Motivation letter”, universitetda tahsil olayotganligi haqidagi Hemis platformasi ma’lumotnomasi, maktab attestati, pasport ma’lumotlari kabi so‘ralgan hujjatlar yana bir ko‘zdan kechirildi va tanlov uchun Application (Anketa) ga yuklash ishlari olib borildi.

  Talabalar uchun barcha imkoniyatlari bo‘lgan universitet ARM Komputer zalida “Hungarian Scholarship” tanlovi uchun registratsiyadan o‘tish, Anketa to‘ldirish mobaynida ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan savollar va javoblar tushuntirilib, zarur tavsiyalar berildi, tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar olindi.

  Ishonamizki, bu kabi talabalarga berilgan ko‘mak talabalarga bu kabi stipendiya tanlovlarida ishtirok qilish orqali Yevropaning Markazi hisoblangan Vengriyada ta’lim olishning afzalliklaridan bahramand bo‘lish orqali  mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shishadi.

Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Sanjar Xikmatullayev ma’lumoti

Universitet Matbuot Xizmati