“Sustainable Lifestyles in higher Education” mavzusidagi loyiha bo‘yicha “Ekologiya va huquq” fakulteti iqtidorli talabalar bilan uchrashuv
13.01.2025
“Sustainable Lifestyles in higher Education” mavzusidagi loyiha bo‘yicha “Ekologiya va huquq” fakulteti iqtidorli talabalar bilan uchrashuv
“Sustainable Lifestyles in higher Education” mavzusidagi loyihaning maqsadi – yoshlar o‘rtasida ekologik ongni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish va ushbu g‘oyalarni jamiyatga targ‘ib qilishga qaratilgan.
Ushbu uchrashuvda “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani Pirmatov Xabibullo va fakultet iqtidorli talabalari loyihaga qaratilgan fikr-mulohazalarini bildirishdi, o‘z tashabbus va takliflarini muhokama qilishdi. Uchrashuvda loyihaning muallifi Kannazarova Zulfiya loyiha maqsadi, vazifalari va dolzarbligi to‘g‘risida taqdimot qildi. Unda yuqori ta’lim tizimida “Barqaror turmush tarzi” tamoyillarini qo‘llashning ahamiyati ta’kidlandi. Talabalar tomonidan ekologik muammolarga yechim topish, resurslarni samarali boshqarish va barqaror turmush tarzini qo‘llash borasida innovatsion takliflar taqdim etildi. Universitetda chiqindilarni ajratish tizimini joriy qilish, yashil hududlarni tashkil qilish uchun talabalarni jalb etish va elektr energiyasini tejashga oid masalalar ham muhokama qilindi. Loyihaning kelgusi bosqichlari uchun faol ishtirokchilar bazasi shakllantirish rejalari muhokama qilindi.
Tadbir "Barqaror turmush tarzi" tamoyillarini ta’lim tizimiga joriy etishdagi muhim qadam bo‘ldi. Bu kabi loyihalar ekologik mas’uliyatni oshirish bilan birga, yosh avlodni barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishga rag‘batlantiradi. Kelgusida mazkur loyiha doirasida amaliy ishlarni kengaytirish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash tavsiya etiladi.
"Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi assistenti Zulfiya Kannazarova