“Zakovat” intellektual o‘yini
11.01.2025

“Zakovat” intellektual o‘yini
2025-yil 10-yanvar kuni “Yer resurslari va kadastr” fakultetining talaba qizlari o‘rtasida «Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab “Zakovat” intellektual uyini tashkil etildi. Ushbu tadbirda ishtirokchilar uchun Vatan himoyachilari kunining ma’nosi va ahamiyatiga bag‘ishlangan savollar berib, bilimlarini sinab ko‘rish imkoni berildi. “Zakovat” intellektual o‘yini yordamida mamlakatimiz tarixidagi muhim va tarixiy voqealar, Vatan himoyachilari va ularning jasorati haqidagi savollarga javob topish uchun qatnashchilar rag‘batlantirildi.
Tadbirda ishtirok etgan barcha ishtirokchilar o‘z bilimlari va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Tadbir axborot almashish, ma’naviy-ma’rifiy va ma’naviy-yetuk tarbiyalanishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi.
- 1-guruh «Harbiylar» jamoasi-1-o‘rinni
- 3-guruh «Vatanparvar» jamoasi 2-o‘rinni
- 2-guruh «To‘maris» jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.
Ushbu “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etishda yordam bergan professor-o‘qituvchilarga (D.Murodova, J.Xaitbayeva va tyutor M. Turg‘unovalar ) va ishtirok etgan barcha talabalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
ERK fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati



