O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyiga tashrif

10.01.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik


 Har qanday davlat taraqqiyot sari intilar ekan doimo tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, an’analar va qadimiy yodgorliklarni o‘rganishga va saqlashga intilishi tabiiy. Ayniqsa, bu borada muzeylarning o‘rni beqiyos. Muzeylar ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi. Shu sabab joriy yilning 10-yanvar kuni, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev boshchiligida 1-kurs talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzey xodimi oddiy askarlarni muzeyning yaratilish tarixi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shakllanish tarixi bilan tanishtirdi. Ekspozitsiyada namoyish etilgan eksponatlar o‘tmishdan hozirgi kungacha zaminimizda ishlatilgan qurol-yarog‘lar va uning mudofaasi tarixini o‘z ichiga oladi. Eksponatlar tarkibiga tosh va o‘q uchlaridan tortib, zamonaviy qurollargacha o‘rin olgan. Talaba yoshlar o‘zlari uchun juda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati