Qurolli kuchlar muzeyiga tashrif

10.01.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Qurolli kuchlar muzeyiga tashrif   

 "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti 1-bosqich talabalari, tyutorlari Shodiyeva Gulbahor rahbarligida Qurolli kuchlar muzeyiga tashrif buyurdilar. Bu tashrif talabalar uchun tarixga sayohat bo‘lib, ular O‘zbekistonning mustaqillik tarixi, urush davri qahramonlari haqida chuqurroq ma’lumot olishdi. Muzeyda namoyish etilgan eksponatlar, hujjatlar va fotosuratlar talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi, milliy qahramonlarimizning jasoratidan yoshlar yangicha ruh oladi.

  Tashrif davomida talabalar muzey xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ekskursiya orqali O‘zbekiston armiyasining rivojlanish tarixi, zamonaviy qurol-yarog‘lar haqida ma’lumotlar oldilar. Shuningdek, ular O‘zbekiston armiyasining tinchlikni saqlash va mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashdagi roli haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

  Bu tashrif talabalar uchun unutilmas voqea bo‘lib, ularning vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytiradi, milliy tariximizga bo‘lgan qiziqishini oshirishi shubhasizdir.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori G.Shodiyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati