Vatan jasoratni qadrlaydi

10.01.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Vatan jasoratni qadrlaydi

1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Shu munosabati bilan joriy 2025 yil 9-yanvar kuni "TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-bosqich 107-guruh talabalarining "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy muzeyi"ga sayohat uyushtirishdi.

  Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami.

  Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Muzey binosi „Jasorat“ nomli bog‘da joylashgan bo‘lib, bino oldida qo‘lida qurol ushlagan askar haykali qo‘yilib, unda „Vatan himoyachisiga“ yozuvi bor. Vatandoshlarimizni doimo yod etish maqsadida universitet talabalari va  yosh avlod - "YUKSALISH" xususiy maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda muzeydagi eksponatlarni tomosha qilishdi.

"Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova axboroti

Universitet matbuot xizmati