Muzey bo‘ylab moziyga
09.01.2025
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova va 1-kurs talabalari Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari davlat muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad, muzeydan o‘rin olgan 10 mingdan ziyod ekspozitsiyalar (buyum-ashyolar, hujjatlar, jangovar mukofotlar va qurol-yarog‘lar)ni ko‘rib talaba yoshlarimizning harbiy vatanparvarligini ona yurtga muhabbat va sadoqatini yanada oshirishga qaratilgan.
Muzey armiya faoliyatini yoritishda respublikamiz muzeylari orasida o‘ziga xos ilmiy markazga aylangan.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati