"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektorining Yangi yil munosabati bilan bayram tabrigi

31.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Rektordan

Hurmatli universitet jamoasi!

Yangi 2025 yil ostonasida turib, Sizlarni chin dildan tabriklayman! 2024 yil mobaynida faol va samarali mehnatlarimiz natijasida ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida muhim yutuqlarga erishdik.

Universitet joriy yilda 9 ta bakalavriat va magistratura dasturlarini Germaniyaning ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi tomonidan 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Qozog‘istonning Almata shahrida ilk bor Universitet Filiali tashkil etildi.

Bugungi kunda universitetning o‘quv va ilmiy dasturlariga 30 nafardan ortiq xorijlik yetakchi olimlar jalb etilgan bo‘lsa, 500 nafardan ortiq xorijiy talabalar ta’lim olmoqda.

Universitet mamlakatda va dunyoda xalqaro nufuz va o‘quv-ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, faoliyat samaradorligini oshirish, ta’lim va ilmiy dasturlarini xalqarolashtirish darajasini yuksaltirish orqali dunyo reytinglarida munosib o‘rin egallab kelmoqda.

Universitetning milliy va xalqaro reyting bo‘yicha ko‘rsatkichlari:

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining Milliy reytingida so‘ngi 3 yildan buyon TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti peshqadamlik qilmoqda.

Universitet bugungi kunda dunyoning eng nufuzli xalqaro reytinglari hisoblangan THE World University Rankings 2025:  dunyo reytingda 38,6 ball bilan 601- o‘rin, Markaziy Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlari universitetlari bo‘yicha 2-o‘rin va O‘zbekistonda 1-o‘rinda,

- QS World University Rankings 2025: global dunyo reytingida 22,6 ball 547- o‘rin, Markaziy Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlari universitetlari orasida 4-o‘rin va O‘zbekistonda 1-o‘rini egalladi.

- 2025 yilda  QS Asia University Rankings da 98 pog‘ona yuqorilab, #159 o‘rinni, Markaziy Osiyo universitetlari bo‘yicha 7 o‘rin va O‘zbekiston universitetlari orasida 1 o‘rinda e’tirof etildi;

- 2024 yilda  QS Subjects  Dunyo reytingida fan sohalari (Muhandislik va texnologiyalar #398; Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, #351) bo‘yicha TOP 500talik universitetlar qatoridan joy oldi;

- 2024 yilda QS World University Rankings: Sustainability 2024 (barqaror rivojlanish) cohasida dunyo reytingda #701 ilk bor eng kuchli universitetlar qatorida qayd etildi.

Umuman olganda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti shiuv, ilmiy, xalqaro hamkorlik faoliyatlari bo‘yicha dunyo universitetlarining TOP-20%universitetlar qatorida joy egalladi.

Umuman olganda joriy yilda universitetimiz jamoasi zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorliklarni kengaytirishda katta qadamlar qo‘yildi.

2025 yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” sifatida e’lon qilinishi biz uchun yanada katta mas’uliyat va yangi imkoniyatlar davrini ochmoqda. Yangi yilda ta’lim sifatini yuksaltirish, ekologiyaga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish va kelajak avlod uchun barqaror taraqqiyot yo‘lini shakllantirish ustuvor vazifalarimiz bo‘lib qoladi.

Yangi 2025 yil har biringizga sog‘liq, baxt, farovonlik va mehnatda ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin. Universitetimiz nafaqat ta’lim, balki ekologik barqarorlik va innovatsiya markazi sifatida ham o‘z o‘rnini mustahkamlaydi

Yana bir bor Yangi yil bilan tabriklayman! Yangiliklarga boy, barakali va ezgu ishlar yili bo‘lsin!