2024/2025-o'quv yilida "O‘zbekgidroenergo" AJning nomdor stipendiyasi g'olibi bo'lgan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining iqtidorli talabalari

27.12.2024

#Reyting #Yangilik

2024/2025-o'quv yilida "O‘zbekgidroenergo" AJning nomdor stipendiyasi g'olibi bo'lgan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining iqtidorli talabalari

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF-5044-sonli “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2972-sonli qarorida gidroenergetika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, respublikamiz energetika tizimida gidroenergetikaning ulushini ko‘paytirish shuningdek, jamiyat tizimi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.

  Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tizimi uchun munosib, yetuk kadrlarni saralash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili “O‘zbekgidroenergo” AJning nomdor stipendiyasi tanlovi tashkil etib kelinadi. Tanlovda sohaga tegishli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar hamda magistrantlar faol ishtirok etib kelishmoqda. 

  Bu yilgi stipendiya tanlovida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetidan 8 nafar talabalar faol ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra va jamiyatining tegishli buyrug‘iga asosan, universitetning quyidagi;

  • - Saparbayev Sarvar Baxtiyor o‘g‘li- Gidroenergetika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi;
  • - Isoqov Bekzodjon Baxtiyor o‘g‘li- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;
  • - Xoliqov Muxriddin Orol o‘g‘li- Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;
  • - Axmetova Aqdidar Kuralbay qizi- Gidrotexnika inshootlari yo‘nalishi 1-bosqich magistranti;

iqtidorli talabalari “O‘zbekgidroenergo” AJning nomdor stipendiyasi tanlovida g‘olib bo‘lishdi va jamiyat stipendiyasi sohibiga aylanishdi. 

  G‘olib deb topilgan talabalarni hamda ularning ota-onalari va ustozlarini chin dildan tabriklab kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz!

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti