Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi haqida

23.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy

 Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi haqida

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5-sonli qaroriga muvofiq 2024-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suv yetkazib berish uchun haq to‘lash, suv yetkazib berish xizmatlarini tashkil etish va moliyalashtirishning yangi qoidalari amal qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning bir qismiga aylanadi. Davlat byudjetiga soliq tushumlarining 40 foizi, tashkil etilayotgan suv ta’minoti xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda. 

  2025-yildan boshlab suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan va suv o‘lchash uskunalaridan foydalangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari suv soliq bazasiga 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent, suv o‘lchash yoki suv tejamkor texnologiyalar qo‘llagan iste’molchilariga 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.

  Baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda suv solig‘i stavkasiga 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.

  Agar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari suv o‘lchash yoki suv tejamkor texnologiyalardan foydalanmasa, suv hisobini yuritishdan asosiz bosh tortsa suv solig‘i stavkasiga 1,5 oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.

“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchi A.Ubaydillayev axboroti

Universitet matbuot xizmati