Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchisi
21.12.2024
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
Joriy yilning 20-dekabr kuni “Milliy gvardiyaning Ma’naviyat va ma’rifat markazida” “Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchilari” nomi ostidagi Italiya konferensiyasi bilan hamkorlikdagi Xalqaro forumi ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 204-guruh talabasi Musoqulova Sevinch Vasliddin qizi "Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchisi" ko‘krak nishoni hamda statuetka bilan taqdirlandi.
"GTQ" fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti
Universitet matbuot xizmati