Magistrlar va ularning xorijdan taklif qilingan ilmiy rahbarlari uchrashuvi

21.12.2024

#Xalqaro hamkorlik #Ta`lim #Yangilik

  Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish maqsadida 2024-2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan magistrantlarning dissertatsiyalariga dunyoning nufuzli universitetlarida mazkur sohada faoliyat olib borayotgan yetakchi professorlar ilmiy rahbar etib tayinlangan edi. Kuni-kecha Xitoyning Shimoliy-G‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti Mexanika muhandisligi kafedrasi mudiri, professor Yan Fengxin va Eronning Tabriz universiteti professori Hossein Navidlar o‘zlariga biriktirilgan magistrantlar bilan uchrashib, ularning dissertatsiya ishlari rejalari va shu kungacha amalga oshirilgan ishlarni atroflicha muhokama qilishdi.

  Muhokama so‘nggida talabalarga magistrlik dissertatsiyalarida tajribaviy tadqiqotlarga ham e’tibor berish, tadqiqotlarni olib borishning yangi usullari, jumladan, bugungi kunda muhandis-kadrlar uchun o‘ta muhim bo‘lgan kompyuterda loyihalash (CAD/CAM/CAE/CAFx), amaliy dasturlash (Python, C++, Java) va tadqiqotlarni tahlil etish (Matlab, ANSYS, ADAMs, DEM) usullarini yaxshi o‘zlashtirishni maslahat berishdi.

“Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati