Ta'lim tizimida taraqqiyot istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
20.12.2024
Ta'lim tizimida taraqqiyot istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
Ta'lim,
ilmu fan taraqqiyoti vatan taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘langani uchun
jahon miqyosida bu masalaga e'tibor doim yuqori darajada bo‘lgan. Shunday ekan,
xuddi shu mavzuda tashkil etilayotgan hamkorlik yo‘sinidagi
konferensiyalarning o‘rni alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda
Erasmus+ oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar milliy jamoasining
an’anaviy yillik konferensiyasi Erasmus+ loyihalari natijalari hamda oliy ta’limdagi
innovatsiyalarni ommalashtirish, eng yaxshi tajribalarni ulashish va targ‘ib
qilish uchun muhim imkoniyatdir.
Bugun Yevropa
Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida Tempus (1994-2014) va Erasmus+ (2014-2027)
dasturlari doirasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning 30 yilligiga
bag‘ishlangan Erasmus+ xalqaro anjumani sifatida "O‘zbekistonda oliy
ta’lim rivojlanishining istiqbollari" mavzusida Oliy ta’limni isloh
qilish bo’yicha expertlar (HERE) konferensiyasi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot
universitetimizda tashkil etildi. Konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston
va Turkmanistondan HEREs va Milliy Erasmus+ ofislari delegatsiyalari faxriy
mehmonlar va ma’ruzachilar sifatida ishtirok etishdi.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi (OTFIV), Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi
delegatsiyasi, Milliy Erasmus+ ofisi (NEO), Toshkent irrigatsiya va qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot
universiteti (“TIQXMMI” MTU), Erasmus+ Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha
ekspertlar milliy guruhi (HERE).
Universitetimizning Madaniyat saroyida tashkil etilgan ushbu
konferensiyani xalqaro reyting bo’limi
boshlig’i Ilhom Abdurahmonov moderator sifatida boshqarib bordi.
Dastavval, so‘z universitetimiz rektori, professor Bahodir Mirzayevga
berildi. U bu anjuman ishtirokchilarini, mehmonlarni tashrifi bilan
qutlab, konferensiyaning ahamiyati
haqida atroflicha so‘z yuritdi.
So‘ngra O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay
Sharipov minbarga taklif etildi. U davlat va hukumatimizda ta'lim taraqqiyoti
masalasida xalqaro hamkorlikka hamisha e'tibor qilib kelinayotgani va bu
mamlakat ravnaqi uchun muhim mohiyatga ega ekani borasida o‘z mulohazalarini bildirib
o‘tdi.
Keyin esa Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalaridan kelgan nufuzli
mehmonlar va mutaxassislarga so‘z berildi.
Konferensiya
tajriba almashish, samarali metodikalar, yutuqlar, tendensiyalar va muammolar
haqida fikr almashish orqali oliy ta’lim samaradorligini oshirishga qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar
(HERE) ning 2024-yildagi faoliyatini umumlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni
rag‘batlantirish ham maqsad qilindi.
"Erasmus+
doirasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari"
mavzusidagi sessiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining Erasmus+ milliy ofislari va
HERE vakillari tomonidan o’zaro hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiya doirasida HERE va bir qator akademik
nashriyotlar vakillari ko‘magida "Ilmiy axborot va nashriyot faoliyatiga
kirish" an’anaviy ilmiy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ZOOM
platformasi orqali onlayn ulanish amalga oshirildi.
Universitet rahbariyati vakillari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va
Turkmanistion Erasmus+ Milliy ofislari va hamda ularning HERE ekspertlari,
Erasmus+ loyihasi koordinatorlari, Tempus loyihasi ishtirokchilari,
professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar ishtirokida o’tkazilayotgan
konferensiya ancha zalvorli va keng miqyosli ekani bilan ajralib turdi.
UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI