Hamkorlik – sifatli ta’lim tizimining asosiy tamoyili

20.12.2024

#Ta`lim #Yangilik

Hamkorlik – sifatli ta’lim tizimining asosiy tamoyili

  2024 yil 20-dekabr kuni “Annexure” mas’uliyati cheklangan jamiyatining direktori muovini Otabek Imomov hamda kompaniyaning loyiha injeneri Oybek Аzimov loyiha mutaxassisi Matamatqulov Bekzodlar “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri professor Begmatov Ilhom Аbduraimovich rahbarligida 4-bosqich “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

  Ishtirokchilar uchun “Annexure” xodimlari kompaniya faoliyati va loyihalari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tishdi.

  Jumladan, “Annexure” ko‘p tarmoqli konsalting va injiniring firmasi bo‘lib tashkilotning mijozlari davlat tashkilotlari, shuningdek, moliyaviy xizmatlar, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, transport, elektr energiyasi kabi turli faoliyat sohalarida band bo‘lgan xususiy kompaniyalar ekanligi aytib o‘tildi. 

  Shu bilan birga tashkilotning davlat sektoridagi loyihalari asosan: Yevropa Ittifoqi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati, xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilishi ta’kidlab o‘tildi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha qisqacha ma’lumot berildi.

  Taqdimot oxirida “Annexure” konsalting va injiniring kompaniyasiga, uning loyihalariga “Irrigatsiya va melioratsiya” sohasida nazariy bilimlarni amaliy tomondan yuqori bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar kerakligi bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga tashkilotdan tashrif qilgan mutaxassislar javob berishdi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, I.А.Begmatov axboroti

Universitet matbuot xizmati