Pedagogik amaliyotning ahamiyati
19.12.2024
Pedagogik amaliyot bo‘lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va muhim bo‘g‘inidir. Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta’limi va bo‘lajak mustaqil faoliyatini bog‘laydigan hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi jarayon bo‘lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi.
Pedagogik amaliyotning maqsadi – bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish, pedagogik faoliyat mas’uliyatini his etish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali o‘qituvchilarning ish faoliyatini o‘rganishdan iboratdir.
Pedagogik amaliyot bo‘lajak o‘qituvchining o‘qituvchilik faoliyatiga qo‘yayotgan ilk qadami hisoblanib, kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun qo‘llaniladi va pedagogik mahoratni oshirishga qaratiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi pedagogik amaliyot bilan birgalikda kechadi. Pedagogik amaliyotning eng muhim vazifalaridan biri bu bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir.
Shunday kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish maqsadida hozirda 60112400 – Professional ta’lim (60813100 – Yer kadastri va yer tuzish) yo‘nalish talabalari Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida pedagogik amaliyot o‘tamoqdalar.
Bo‘lajak pedagoglarga ulkan zafarlar tilaymiz.
“Professional ta’lim” kafedrasi dotsenti Durdona Mustafoyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati