Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari hisoboti
19.12.2024
“Gidromelioratsiya” fakulteti dekanining 10-dekabrdagi 56/f-sonli farmoyishiga binoan “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasining 2024-yilning ilmiy tadqiqot natijalarining sarhisobi bo‘lib o‘tdi. Fakultet kengashi rejasiga muvofiq kafedralar ilmiy faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari, fakultet dekani, kafedraning professor o‘qituvchilari hamda kafedra doktorantlari ishtirok etishdi. Dastlab, kafedra mudiri I.Begmatov tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini taqdimot qilib o‘tdi. Ishchi guruh a’zolari hamda fakultet dekani tomonidan erishilgan natijalar, yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan savollar berilib, fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. So‘ngra kafedra doktorantlarining ilmiy faoliyati ham tahlil qilindi. Yakunda kelgusi yilgi rejalar bilan tanishib, ishchi guruh a’zolari tomonidan ijobiy xulosalar va takliflar berildi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, I.А.Begmatov
Universitet matbuot xizmati