Ekologiyani asrash sog‘lom kelajak garovi

19.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 19-dekabr kuni "TIQXMMI" MTU Ekologiya va huquq fakulteti tyutori hamda unga biriktirilgan 1-bosqich Ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishi talabalari "Ekologiyani asrash - sog‘lom kelajak garovidir" deb nomlangan respublika konferensiyasiga tashrif buyurishdi. Konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari, partiya Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Xamzayev so‘zga chiqib  mamlakatimizda ekologik barqarorlikka erishish yo‘lida juda katta ishlar olib borilayotganligi va  2025-yilni "Atrof-muhitni asrash va  yashil iqtisodiyot yili" deb e’lon qilinishi hamda kelgusi yilda "Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi hamda “Yosh ekologlar” qanotini tashkil etish o‘sib kelayotgan yangi avlod hamda xotin-qizlarning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish ekanligi haqida tushuntirish berdilar.

"Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori I.Ahmedova axboroti

Universitet matbuot xizmati