Muomala odobi

19.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 Muomala odobi

 Joriy yilning 19-dekabr kuni 3-TTJ da "Iqtisodiyot" fakulteti talaba qizlari ishtirokida "Chiroyli muomala fazilatdir" mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazdilar.

  Muomala odobi - bu inson ko‘rki bo‘lib, insonga bo‘lgan samimiy mehr-muruvvat mezonidir. Bu mezonga izchil amal qilish odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi.

  Xalqimizda "Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til", degan ajoyib naql bor.

  Shirin til, mulohaza, mushohada bilan samimiy muomalada bo‘lishga odatlanish, har bir insonning, ayniqsa, hayotimiz fayzi bo‘lgan qizlarning, bo‘lajak onalarning eng asosiy fazilati, burchlaridir. Agar qiz bola go‘zal bo‘lsa-yu, muomalasi qo‘pol, zardali yoki beandisha bo‘lsa, bitta so‘z bilan atrofdagilar dilini og‘ritsa, shubhasiz, uni hech kim, hech qachon yaxshi inson safiga qo‘shmaydi, hattoki undan insonlarning ko‘ngli qoladi.

  Darhaqiqat, hech narsa kishi aqlini muomalachalik namoyon etmaydi. Qizlar o‘zlariga qanchalar oro bermasinlar, muomala madaniyatini, muomala san’atini bilmasalar, hech qachon o‘zgalar hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lolmaydilar.

  Muomalasi shirin qizni "dilbar qiz", deyishadi. Shunday unvonli qizlar albatta baxtli bo‘ladilar.

  Zero, yaxshi muomala - baxtu saodatning kalitidir!

  Tadbir qizg‘in savol-javoblar bilan davom etib, sermazmun, foydali, quvnoq o‘tdi.

"Iqtisodiyot "fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ra’no Kodirova, fakultet tyutori Gulbaxor Shodiyevalar axboroti

Universitet axborot xizmati