“Yil ayoli”- milliy tanlov

18.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

“Yil ayoli”- milliy tanlov

  2024-yil 17-dekabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar jamoasi, “QXITTQ” yo‘nalishi 4-kurs faol-talaba qizlar, “Yil ayoli” milliy tanlovning Mirzo-Ulug‘bek tuman g‘olibi doktorant Gulnoza Usmonova bilan “O‘zingni kashf qil” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda E.G‘aniboyeva so‘zga chiqib, yosh olimlar, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan “Yil ayoli”- milliy tanlov bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Tadbirda Gulnoza Usmonova - professor A.K.Igamberdiyev rahbarligida “G‘o‘za qator orasining zichlangan tuproq osti qatlamini yumshatish resurs tejamkor texnologik jarayonini tadqiq qilish va kultivator ish qurollarining parametrlarini asoslash” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgani, tanlovda “Yilning eng yaxshi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni olib, shahar bosqichiga yo‘llanma olganligi, erishgan yutuqlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.Talaba-qizlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati