“Marwin Brands” korxonasiga ekskursiya: amaliyot va ilhom manbai
16.12.2024

“Marwin Brands” korxonasiga ekskursiya: amaliyot va ilhom manbai
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "QXMS va DIT" yo‘nalishi 4-bosqich talabalari “Marwin Brands” korxonasiga amaliyot ekskursiyasini amalga oshirdi. Ushbu korxona O‘zbekistonda meva sharbatlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, “Dena” brendi ostida sifatli va tabiiy sharbatlar tayyorlaydi.
Ekskursiya davomida talabalar meva sharbatlarini ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlari bilan tanishdilar: xomashyo tanlash, qayta ishlash, qadoqlash va tayyor mahsulotni bozorga chiqarish. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va ekologik toza usullardan foydalanishning ahamiyati bo‘yicha mutaxassislardan batafsil ma’lumot olishdi.
Mazkur tashrif talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, balki innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Tadbir yakunida “Marwin Brands” vakillari talabalar bilan qiziqarli savol-javob o‘tkazib, kelajakda korxona faoliyati bilan yaqindan hamkorlik qilish istagini bildirishdi.
Bu kabi amaliy ekskursiyalar talabalarimizni kasbiy rivojlantirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi va ularning kelajakda muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.





