Jaholatga qarshi ma’rifat

14.12.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Jaholatga qarshi ma’rifat

  Joriy yilning 13-dekabr kuni 3-TTJ da "Iqtisodiyot" "Energetika" QXM fakultetlari talaba qizlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzusida ochiq davra suhbati o‘tkazdilar.

  Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi. Shu bois ushbu ulug‘vor qadriyat barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug‘langan, muqaddas va mo‘tabar kitoblarda yuksak ne’mat sifatida e’tirof etilgan.Ma’rifatli, saodatli bo‘lib, jaholatga qarshi o‘z ilmi bilan kurashganlar oramizda minglab topiladi. Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shlik bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini yoshlar qalbida kamol topishini shakllantirib borish zarur deb ta’kidladilar.

  Tadbir qizg‘in savol-javoblar bilan davom etib,  sermazmun, foydali o‘tdi. 

"Iqtisodiyot" "Energetika" "QXM" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari Ra’no Kodirova, Charos Oxunbobayeva, Ergashxon G‘aniboyevalar axboroti 

Universitet matbuot xizmati